O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Olam” munozara klubining navbatdagi sessiyasi “Mamlakatimizda chiqindi masalalari: bugungi holat va zamonaviy yechimlar” mavzusiga bag‘ishlandi.

Sessiya davomida mamlakatimizdagi mavjud chiqindi poligonlarining bugungi holati, ularning sanitariya va ekologik talablarga muvofiqligi, poligonlar sonini bosqichma-bosqich qisqartirish, qayta ishlash imkoniyati mavjud bo‘lgan chiqindilarni tegishli korxonalarga yo‘naltirish, shuningdek, chiqindilardan energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda “Zero Waste” mas’uliyati cheklangan jamiyati xodimi Sobirxon Mashrabov ham faol ishtirok etib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi hamda mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Qiziqarli savol-javoblar va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan “Olam” munozara klubining batafsil videosi tez orada ijtimoiy tarmoqlarimizda e’lon qilinadi. rus tili va ingliz tiliga xatolarsiz tarjima qilib ber iltimos