Biz haqimizda
“Zero-Waste” MChJ — Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni boshqarish sohasidagi tashkilot.
“Zero-Waste” MChJ faoliyati haqida
Toshkent viloyati hokimligi, Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda “Zero-Waste” MChJ o‘rtasida 2022-yil 20-yanvarda imzolangan 19-sonli bitimga muvofiq, viloyatning Angren shahri, Parkent va Yuqorichirchiq tumanlarida maishiy chiqindilarni boshqarish va olib chiqib ketish xizmatlarini tashkil etish vazifasi kompaniyaga yuklatilgan. Mazkur hududlarda xizmat ko‘rsatish ishlari 2022-yil 1-fevraldan boshlab yo‘lga qo‘yilgan.
Kompaniya o‘z faoliyati davomida jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish va belgilangan joylarga olib chiqib ketish bo‘yicha uzluksiz xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Aholiga ekologik xavfsiz va sifatli xizmatlarni taqdim etish, hududlarda sanitariya holatini yaxshilash hamda chiqindilarni samarali boshqarish korxonaning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
Bugungi kunda “Zero-Waste” MChJ tasarrufida 53 ta zamonaviy maxsus chiqindi tashuvchi texnika mavjud bo‘lib, ular tasdiqlangan grafik asosida aholi va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, korxonada 285 nafar xodim faoliyat yuritib, chiqindilarni yig‘ish va tashish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlamoqda.
Korxona tomonidan Angren shahri, Parkent va Yuqorichirchiq tumanlaridagi jami 138 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga xizmat ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, 646 ta yuridik tashkilot bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular uchun chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Faoliyatni yanada takomillashtirish va xizmatlar sifatini oshirish maqsadida kompaniya tomonidan qator investitsion loyihalar amalga oshirilgan. Xususan, 17 dona yangi maxsus chiqindi tashuvchi texnika xarid qilinib, texnik park sezilarli darajada yangilandi. Hududlarga 300 tadan ortiq zamonaviy chiqindi konteynerlari o‘rnatildi. Chiqindilarni qayta ishlash va ulardan samarali foydalanish yo‘nalishida chiqindilarni saralash uskunasi hamda piroliz qurilmasi ishga tushirildi.
Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish va chiqindilarni yig‘ish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 10 tadan ortiq chiqindi yig‘ish shoxobchalari barpo etildi. Amalga oshirilgan loyihalar natijasida 59 ta yangi ish o‘rni yaratilib, hudud aholisining bandligini ta’minlashga ham munosib hissa qo‘shildi.
Bugungi kunda “Zero-Waste” MChJ zamonaviy texnika va malakali mutaxassislar salohiyatiga tayangan holda chiqindilarni boshqarish sohasida samarali faoliyat yuritib, hududlarning ekologik holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va sifatli xizmatlarni taqdim etish hamda sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Bizning ustuvor maqsadlarimiz
Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatishda asosiy mo‘ljallarimiz.
01
Belgilangan jadvallarga muvofiq xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash
02
Kelib tushgan murojaatlarga tezkorlik bilan xizmat ko‘rsatish
03
Xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish
04
Hududlarda xizmat ko‘rsatish darajasini 100 foizga yetkazish
05
Ekologiya va atrof-muhitni asrash, sanitar normalarga rioya etish
06
Maishiy chiqindilardan oqilona foydalanib qayta ishlash
Rivojlanish yo‘nalishlari
Qo‘shimcha texnikalar xarid qilish
Ma’nan eskirgan texnikalarni yangisiga almashtirish
Chiqindi konteynerlarni yanada ko‘paytirish
Saralash va piroliz tizimini kengaytirish
100% qamrov darajasini barqaror saqlash
Yuridik tashkilotlar bilan shartnomalarni ko‘paytirish
Hamkorlik qilishni xohlaysizmi?
Yuridik shaxslar uchun shartnoma asosida chiqindi boshqaruvi xizmatlarini taklif etamiz.