“Zero Waste” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Xusanov Xabibulla Ziyadullayevich tomonidan Xitoyning Adsale Exhibition Services Ltd. kompaniyasi vakillari — Xalqaro marketing direktori Jellis Kan va marketing bo‘yicha yordamchi menejer Ginny Ma, shuningdek, “Zero Waste” MCHJ xodimi Sobirxon Mashrabov ishtirokida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida Adsale Exhibition Services Ltd. kompaniyasi vakillari “Zero Waste” MCHJ vakillarini Xitoyda bo‘lib o‘tadigan “CHINAPLAS 2027” — plastmassa va rezina sanoatiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif etdilar.Muloqot davomida tomonlarning taklif va fikrlari tinglanib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida plastmassa chiqindilarini qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va xalqaro tajribani O‘zbekistonda qo‘llash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.